AsosiyJamiyat

Vikipediyada Qashqadaryo sug`orish tizimi haqida ma`lumot paydo bo`ldi

Vikipediya onlayn ensiklopediyasida Qashqadaryo vohasining sug`orish tizimi to`g`risida maqola chop etildi, deb xabar beradi Turkiston-press axborot agentligi.

Vohaning o`ziga xos sug`orish tizimiga doir tarixiy manbalar o`rin olgan maqola O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tayyorlanib, “UZINFOCOM” markazi tomonidan joylashtirildi.

Ma`lumki, qadimdan Qarshi vohasi dehqonchilik rivoji yo`lida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada hududdagi sug`orish tizimining yaratilishi va rivojlanishi, shuningdek, bugungi zamonaviy tizim muvaffaqiyatlari haqida so`z boradi.

 

    Boshqa yangiliklar