AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi 10 ta hududda yangi koronavirusdan kasallanish holatlari qayd etildi. Bir bemor vafot etdi

'O`zbekistondagi 10 ta hududda yangi koronavirusdan kasallanish holatlari  qayd etildi. Bir bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 11 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 894 (+118) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 32 nafari Namangan viloyatida,  
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,  
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,  
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,  
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,  
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,  
  • 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 57 704 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar