Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko`chalarining birida yong`in sodir bo`layotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma`lum qilishicha, ushbu yong`in bugun 11 oktyabr kuni soat 8:49 da Uchtepa tumani, Farhod ko`chasida joylashgan "Uchtepa Outlet Centre" savdo majmuasida sodir bo`lgan.
Yong`in natijasida majmuaning ichki va tom qismi 1500 kv.m maydonda yongan. Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 8:54 da etib borgan va ko`rilgan tezkor choralar natijasida yong`in soat 9:54 da to`liq bartaraf etilgan. Yong`in joyiga 10 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong`in sabablari va yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






