AsosiyJamiyat

Covid-19 jamlanmada vitamin D va nam salfetka bo`lishi ko`zda tutilganmi?

'Covid-19 jamlanmada vitamin D va nam salfetka bo`lishi ko`zda tutilganmi?'ning rasmi

Covid-19 ga chalingan bemorlarga ajratiladigan dorilar to`plami orasida vitamin D, nam salfetka, tibbiy niqoblar yo`q. Bu holatni kimdir nazorat qiladimi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, Barno Odilova, ta`kidlanishicha, Covid-19 jamlanmada vitamin D va nam salfetka bo`lishi ko`zda tutilmagan. 

 "-- O`rnatilgan tartibga muvofiq koronavirus kasalligiga chalingan va gumon qilingan fuqarolar kasallikning kechishiga qarab ambulator sharoitda o`z uylarida, saralash-taqsimlash markazlarida va maxsus shifoxonada davolanishlari mumkin.  

 Bemorlarni dori-darmon bilan ta`minlashni yaxshilash maqsadida ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga kasallik tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagan bo`lsada barcha belgilari mavjud bo`lsa, ya`ni gumon qilinganlarga kovid jamlanmalari, muloqotdagilarga gidroksixloroxin tabletkalari ambulator-poliklinika muassasalari tomonidan berilmoqda.  

Bundan tashqari, mahalliy hokimliklar va homiylar tomonidan ham turli vitamin va mineral komplekslar aholiga bepul etkazib berilmoqda", dedi B.Odilova.

 

    Boshqa yangiliklar