AsosiyJamiyat

AQSh O`zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashda kerakli bo`lgan qo`shimcha tibbiy jihozlarni etkazib berdi

'AQSh O`zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashda kerakli bo`lgan qo`shimcha tibbiy jihozlarni etkazib berdi'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi ma`lum qilishicha, AQSh yurtimizga yana bir qator koronavirusga qarshi vositalarni etkazib berdi. Bu jamlanma laboratoriya uskunalari va 100 mingta test o`tkazish uchun zarur bo`lgan reagentlarni o`z ichiga olgan ushbu materiallar mamlakatning COVID-19’ni aniqlash uchun xavfsiz va tezkor sinov o`tkazish salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.

«COVID-19 nafaqat O`zbekistonda, balki butun dunyoda odamlarning kundalik hayoti va yashash tarziga tahdid bo`lib qolmoqda. Ushbu virus hech kimni chetlab o`tmadi — o`zimiz, yaqinlarimiz, qo`ni-qo`shnilarimiz, do`stlarimiz, hamkasblarimizga ta`sir qildi. Yo`qotgan har bir kishimiz, yopilgan har bir korxona va uning oqibatida jabrlangan odamlar uchun ham biz virusga qarshi kurashishni davom ettirishimiz zarur. Bu kurashda biz hammamiz birgamiz», — dedi AQSh elchixonasida missiya boshlig`i o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Aleksis Sallivan. 

«AQSh hukumati o`zbekistonlik hamkorlari bilan mamlakatda xalq salomatligi va farovonligini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo`llab-quvvatlash uchun yaqindan hamkorlik qilish tamoyiliga sodiq qoladi», — deya qo`shimcha qildi u.

Keltirilgan jihozlar AQSh hukumatining O`zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashda ko`rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblandi. Shu kungacha AQSh hukumati O`zbekistonga COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashishda yordam berish uchun 8,8 million dollar ajratdi. Sentyabr oyida USAID O`zbekistonga 200 ta sun`iy nafas oldirish apparatini taqdim etgan edi.

    Boshqa yangiliklar