1

2016-2017 yillarda Bollivud daromadi $3 milliardga etishi kutilmoqda

Dunyo 05.01.2016, 17:11
 2016-2017 yillarda Bollivud daromadi $3 milliardga etishi kutilmoqda

Hindiston savdo-sanoat palatasi assosiasiyasi ma`lumotlariga ko`ra, 2016-2017 yillarda Hindiston kinematografiyasi-Bollivudning daromadi 3 milliard AQSh dollariga etishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“2015 yilda Bollivud daromadi 155 milliard rupiy($2,4 milliard)ni tashkil etganligini inobatga olsak, keyingi kino mavsumi ya`ni 2016-2017-yillarda Hindiston kinomatografiyasi daromadi 200 milliard rupiy($3 mlrd)ga oshishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Mutaxasislarning fikriga ko`ra, so`nggi yillarda hind filmlarining sifati va saviyasi yaxshilandi. Aynan shuning uchun ham hozirda dunyo miqyosida Bollivud filmlarga bo`lgan talab ortib bormoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy moliyaviy yilda chet davlatlarga film sotish orqali Bollivud $170 milliondan $200 milliongacha daromad olishi kutilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1