AsosiyDunyo

Fransiyada ikki samolyot to`qnashuvi natijasida besh kishi halok bo`ldi

'Fransiyada ikki samolyot to`qnashuvi natijasida besh kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Fransiyada ikki engil samolyot to`qnashuvi natijasida besh kishi halok bo`ldi. Bu haqda Nouvelle Republique nashri xabar bermoqda.

Ushbu mudhish hodisa Losh shahrida bo`ldi, to`qnashuvdan so`ng samolyotlardan biri shahar markazidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan turar-joy binosining to`sig`iga urilib, portlashi natijasida ikki kishi halok bo`ldi.

Ikkinchi samolyot esa birinchisiga qaraganda yuz metr uzoqlikda qulagan va ushbu samolyotdan qutqaruvchilar yana uchta jasadni topishgan.

Ma`lum bo`lishicha, voqea joyiga hozirda jami 50 ga yaqin o`t o`chiruvchi va 30 nafar polisiyachi jalb qilingan.

Boshqa yangiliklar