AsosiyDUNYO

Tramp oʼzida koronavirusga qarshi immunitet hosil boʼlganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp oq uyning zangori zali balkonidan omma oldiga chiqib, ko`rini...

'Tramp oʼzida koronavirusga qarshi immunitet hosil boʼlganini aytdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp oq uyning zangori zali balkonidan omma oldiga chiqib, ko`rinish berdi. Bu uning koronavirus bemorlari shifoxonasidan chiqqan ilk kuni edi. O`zining aytishicha unda endi Covid-19 yo`q, ya`ni infeksiyaga qarshi unda immunitet hosil bo`lgan, endi atrofdagilar uchun xavf tug`dirmaydi. U dushanba kuni Florida shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish qilishga va`da berdi. Bu haqda rasmiy manbalarga tayanib ria.ru xabar bermoqda.

"Men yuqori texnologiyalarga asoslangan test sinovlarini topshirdim va juda ajoyib jismoniy holatdaman. O`zimni o`ta yaxshi his qilyapman. Chindan ham shunday. Men o`zimda "immunitet" nomli himoya qavati paydo bo`lganini ham his qilyapman. O`ylaymanki, har bir inson aynan shunday immunitetga ega bo`lishi kerak", - dedi u Fox News kanaliga bergan intervyusida.

Trampning davolovchi shifokori Shon Konlining ma`lum qilishicha, amerikalik liderning tahlillari yaxshi chiqqan. Tramp endi bemor emas.  

Ammo uning Oq uydan ko`rinish bergan videosini tahlil qilgan ayrim OAV manbalari Tramp qiynalib nafas olayotganini qayd etmoqda...

    Boshqa yangiliklar