AsosiyDunyo

Er yarashishni xohlamagani uchun o`z xotinini pichoqladi

'Er yarashishni xohlamagani uchun o`z xotinini pichoqladi'ning rasmi

"Ot aylanib qozig`ini topadi" deyishadi. Ammo boshi aylangan "ot" qaytib kelganda qozig`i uni qabul qilmasachi?.. Shunday voqea Boshqirdiston respublikasida sodir bo`ldi.

Boshqirdistonlik erkak o`zi bilan yarashishni xohlamagani uchun xotinini pichoqladi. Bu haqda rg.ru manbasiga tayanib aniq.uz xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 43 yoshli ayol 51 yoshli erini xiyonatda gumon qilgan. Shundan so`ng u bilan gaplashmay qo`ygan va er-xotin alohida yashay boshlashgan. Oradan ikki oy o`tgach, er kechirim so`rab kelgan, xotini bilan yashashga qaror qilgan.

Erkak guldasta va tilla uzuk sotib olgan, ammo ayol sovg`ani qabul qilmagan. Bundan qattiq jahli chiqqan er pichoq bilan xotinini jarohatlagan.

«Biroz o`ylanib qolgan er do`konga borib, pichoq sotib olgan. Qaytib kelib, rafiqasining qorin qismiga zarba bergan», - deyiladi xabarda.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, "qozig`iga qaytib kelgan" er esa hibsga olingan. Unga nisbatan qasddan badanga og`ir shikast etkazish faktlari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar