Buloqboshi tumanida yashovchi J.Raxmonov va uning sobiq turmush o`rtog`i Sh.Raxmonovalar tomonidan turmushi davrida olingan mol-mulklari o`rtada taqsimlanishi belgilangan edi, deya xabar bermoqda MIB Axborot xizmati.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Xo`jaobod tumanlararo sudining 17.03.2020 yildagi umumiy qiymati 43 955 080 so`m bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinaning 50 foizi, ya`ni 21..977.540 so`m pul mablag`larini Sh.Raxmonova foydasiga undirish ko`rsatilgan ijro hujjati kelib tushgan.
Biroq, qarzdor J.Raxmonov bo`lim xodimlari tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan ijro hujjatida ko`rsatilgan mablag`ni sobiq turmush o`rtog`iga qaytarmasdan keladi hamda “Damas” avtomashinasini yashirishga urinadi.
Qarzdorning esa asossiz bahonalari uzoqqa bormadi va Byuroning Buloqboshi tuman bo`limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida J.Raxmonovga tegishli bo`lgan “Damas” avtomashinasi topilib, band solindi.
Endiyam sud hujjati bajarilmasa, avtomashina elektron onlayn-auksion savdoga qo`yiladi va tushgan pul mablag`lari undiruvchi Sh.Raxmonovaga beriladi.






