Birinchi ilmiy-amaliy «Ajoyib matematika» festivali doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun mo`ljallangan «Dasturlash soatini» o`tkazadi.
Ikki kun davomida, ya`ni 7-8 yanvar kunlari soat 10:00 dan 11:00 ga qadar istagan bolalar Scratch vizual dasturlash tili bo`yicha bitta bepul darsda ishtirok etishlari mumkin.
Bepul darsga ro`yxatga olish jarayoni 6 yanvar kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi Inha universiteti stendida boshlanadi.
7 yanvar kuni dars o`zbek tilida, 8 yanvar kungi dars esa rus tilida o`tkaziladi.
Darslar Scratch vizual dasturlash tili asosida bo`lib, qiziqarli o`yin shaklida o`tkaziladi. Darsda ishtirok etgan bolalar dasturlash haqida umumiy tushuncha va o`zlari qanday qilib qiyin bo`lmagan o`yinlarni yaratishlari mumkinligi haqida tasavvur hosil qiladilar.
Joylar soni cheklangan, ro`yxatdan o`tgan dastlabki 40 nafar bolalargina darslarda ishtirok etishlari mumkin bo`ladi.





