Tojikistondagi prezident saylovlari o`z nihoyasiga etgani va barcha saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20.00da yopilgani haqida xabar bergan edik.
Saylov natijalariga ko`ra, Emomali Raxmon 90,92 foiz ovoz bilan prezidentlik faoliyatni davom ettiradi.
Maʼlum bo‘lishicha, saylovda saylovchilarning 85,39 foizi ishtirok etgan.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining dastlabki natijalari quyidagicha:
-90,92% - Emomali Rahmon
-3,3% - Rustam Latifzoda
-2,15% - Rustam Rahmatzoda
-1,7% - Miroj Abdulloyev
-1,49% - Abdahalim G‘afforov.






