AsosiyJinoyat

Navoiyda otaxonni tunab ketgan shaxs o`zining qizi bo`lib chiqdi

'Navoiyda otaxonni tunab ketgan shaxs o`zining qizi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Navoiy shahrining Pushkin ko`chasida istiqomat qiluvchi  fuqaro Sh.K. o`ziga tegishli, hisobida 450 ming so`m pul mablag`i bo`lgan shaxsiy plastik kartasini yo`qotib qo`ydi. U darhol shahar IIOFMBga  ariza orqali murojaat qildi.  

Navoiy shahar IIOFMB huzuridagi TB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov harakatlari natijalaridan xabar topgan jabrlanuvchining kapalagi uchib ketdi. Negaki, o`g`irlikka qo`l urgan deb gumon qilinayotgan shaxs o`zining “Bog`ishamol” MFYda yashovchi qizi N.M. bo`lib chiqdi. Qiz otasining yashash xonadoniga mehmondorchilik bahonasida borgan-u, plastik kartasini yashirin ravishda olib ketgan ekan. Hozirda mazkur holat yuzasidan N.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

    Boshqa yangiliklar