Aktyorning sahifasiga tashrif buyurib, quyidagi so`zlarni o`qidik:
“Ulg`aygach ko`p narsaning haqiqiy qiymatini tushunib etar ekansan – ota-ona, vaqt, ishonch, xato...”

Bugun Instagramm sahifasi aktyor Adiz Rajabovning tavallud ayomi bilan tabriklarga to`lib toshmoqda.
Rejissyor Jahongir Ahmedov: "Tavallud kuning bilan Adiz!!! Taning sog`, rizqing keng bo`lsin. Xamma ezgu tilaklar senga!"
Bobur Yo`ldoshev: "Tavallud ayyoming bilan, senga omad va ijodiy g`alabalar tilayman. Sen va yaqinlaringga salomatlik tilayman!!!!"
Umar Shamsiev: "Tavvallud kuningiz muborak bo`lsin ! Umringiz uzoq bo`lsin doimo omad tilayman, chin yurakdan tabriklayman!!!"
Dilshodbek Kattabekov: "Tug`ilgan kun muborak bo`lsin! O`ylagan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin. Yaqinlaringiz baxtiga doim sog` bo`ling. Yangi yilda ijodlaringizga yangidan-yangi omadlar va ulkan zafarlar tilab qolaman. Birligimiz yo`qolmasin. Yana bir bor bugungi unutilmas kuningiz bilan tabriklayman!"
Otabek Mahkamov: "Senga mustahkam sog`lik tilayman, oilaviy totuvlik, jahon kinosida rollar tilab qolaman."
Umidaxon: "Tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin! Hamma ezgu niyatlaringizga eting, bundan ham martabangiz ulug` bo`lsin, doimo sog` bo`ling!"
Shahzod Murodov: "Tug`ilgan kuningiz muborak bo`lsin! Adiz aka yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog` bo`ling, yuzingizdagi samimiylik hech qachon tark etmasin!"





