AsosiyDunyo

Koronavirus smartfon ekranida va muzlatilgan go`shtda 1 oygacha saqlanib qolishi isbotlandi

'Koronavirus smartfon ekranida va muzlatilgan go`shtda 1 oygacha saqlanib qolishi isbotlandi'ning rasmi

Silliq ekranli smartfonlar yuzasida koronavirus 1 oygacha saqlanib turishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda internet manbalarga tayanib Gazeta.ru yozmoqda.

Xabarda aytilishicha avstraliyalik olimlar banknotalar, oyna, sensor ekranlar, metall dasta va tutqichlarda koronavirus qancha turishi borasida tadqiqot o`tkazishgan. Ularning xulosalariga ko`ra, yuqorida aytilgan tekisliklarda xavfli virus bir oygacha qolishi mumkin ekan. Virus «juda bardoshli» bo`lib, xona haroratida smartfon oynasi va banknotalar kabi silliq sirtlarda 28 kungacha «yashashi» mumkin deyiladi tadqiqot natijalarida.

Buning sababi shuki, smartfonlar, bankomatlar va boshqa shunday qurilmalarning sensor ekranlari etarlicha samarali tozalanmaydi va bu holat koronavirus ularning koronavirus tarqatuvchi manbaga aylanishlari uchun xizmat qiladi. 

Shuningdek, koronavirus qog`oz pullarda ham juda uzoq vaqt «yashaydi». Bu infeksiyaning odamlar va hattoki geografik hududlar o`rtasida virus keng tarqalishiga hissa qo`shadi.

Koronavirusning past haroratda zanglamas po`latda uzoq vaqt qolishi esa virusning go`shtni qayta ishlash korxonalari va muzxonalarda keng tarqalishiga va hatto muzlatilgan mahsulotlarda ham saqlanib qolishiga imkon yaratadi, deyishmoqda olimlar.

    Boshqa yangiliklar