AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda xotin-qizlar masalalari bo`yicha hokim maslahatchilariga xizmat avtomashinalari topshirildi

'Qashqadaryoda xotin-qizlar masalalari bo`yicha hokim maslahatchilariga xizmat avtomashinalari topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta`minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o`tkazilgan yig`ilish ijrosi Qashqadaryoda boshlab yuborildi.

Viloyat hokimining "Viloyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida" qarori bilan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosarlari hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo`yicha maslahatchisi sifatida tibbiy va transport xizmati ko`rsatish sharoitlariga ko`ra, hokim o`rinbosari maqomiga ega bo`ldi.

Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirokida xizmat avtomashinalarini o`z egalariga tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. tuman va shahar hokimi maslahatchilariga "Nexia-3" va viloyat hokimining maslahatchisi Komila Karomovaga "Tracker" avtomashinalari topshirildi.

- Endi yaratilgan sharoitga qarab, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, "Eng chekka qishloqlardagi xotin-qizlarning ham xonadonlariga kirib borib, ularning jamiyatdagi roli va yashash sharoitlarini yaxshilash kerak", - dedi Zoyir Mirzaev. - Maslahatchilar uchun hokimlik binolarida zamonaviy xizmat xonalari, qo`shimcha yordamchi xodim va faoliyati uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgani, ayniqsa, o`rinbosar maqomida ish olib borishi xotin-qizlarimiz muammolariga o`z vaqtida echim topishga zamin yaratadi, deb o`ylayman.  

Ma`lumot o`rnida, viloyat aholisini 49,4 foizi (1630,2 ming nafari)ni ayollar tashkil etadi.  

So`ngi yillarda jamiyatda ayollarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tengligini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2960 nafar ayollarimiz turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida, shundan 4 nafari Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida, 1 nafari Senatda, 19 nafari Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hamda 103 nafari tuman (shahar) Kengashlarida deputat sifatida faoliyat olib bormoqdalar.

    Boshqa yangiliklar