AsosiyJamiyat

Men xayriya yarimmarafonida yuguraman! Sizchi? - Madaniyat vaziri dunyo bo`ylab o`tkaziladigan yarimmarafonda faol ishtirok etishga chorlamoqda

'Men xayriya yarimmarafonida yuguraman! Sizchi? - Madaniyat vaziri dunyo bo`ylab o`tkaziladigan yarimmarafonda faol ishtirok etishga chorlamoqda'ning rasmi

1 noyabr kuni Respublikamiz va butun dunyo bo`ylab Samarkand Half Marathon @samarkandhalfmarathon xayriya yarimmarafoni bo`lib o`tadi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`zining telegramdagi kanalida ma`lum qildi. 

" -- Hozirda butun dunyo bo`ylab ko`plab ommaviy tadbirlar epidemiologik vaziyat tufayli bekor qilingan bir paytda, men yurtdoshlarimizni ko`nglini ko`tarib, ularning sport ruhini qo`llab-quvvatlamoqchiman! Har birimiz, O`zbekistondan tashqarida bo`lganlar ham, onlayn yugurishda qatnashib, yarimmarafonning - mamlakatimizda autizm spektri buzilgan insonlar uchun inklyuziv muhitni yaratish xayriya maqsadini qo`llab-quvvatlashimiz mumkin. Tashkilotchilarimiz yarimmarafondan tushgan barcha mablag`larni autizm spektri buzilgan bolajonlarimiz uchun badiiy studiya tashkil etishga yo`naltiradilar.

Keling, karantin qoidalariga rioya qilgan holda birgalikda yuguraylik! Samarqand yarimmarafoniga qo`shiling va ro`yxatdan o`ting! Har bir inson ishtirok etish uchun o`ziga  qulay bo`lgan yo`lni tanlash imkoniga ega, negaki onlayn yarimmarafonda siz dunyoning har qanday nuqtasidan istalgan masofaga nafaqat yugurishingiz balki, uni yurib o`tishingiz ham mumkin" , deydi Madaniyat vaziri. 

Ishtirok etish  uchun quyidagi lavha orqali ro`yxatdan o`tishingiz mumkin: https://samarkandhalfmarathon.uz/

    Boshqa yangiliklar