2020 yil 12 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 319 (+114) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 102 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
- Toshkent shahrida 84 nafar,
- Toshkent viloyatida 78 nafar,
- Namangan viloyatida 16 nafar,
- Andijon viloyatida 14 nafar,
- Jizzax viloyatida 12 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 12 nafar,
- Samarqand viloyatida 9 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 58 306 (+237) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 504 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






