Joriy yilning 13 oktyabr kunidan Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan Toshkent – Xo`jayli yo`nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. Toshkent – Xo`jayli yo`nalishidagi avtobus soat 11:45 da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Xo`jaylidan esa avtobus soat 11:45 da Toshkent shahri tomon yo`lga chiqadi. Ushbu yo`nalish chipta narxi 125 000 so`m etib belgilangan. Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin. Ma`lumot uchun telefon: (71) 207-87-00
|
12.10.2020 16:09
Toshkent – Xo`jayli yo`nalishida avtobus qatnovi yo`lga qo`yilmoqda






