AsosiyJamiyat

"Chust pichog`i, Samarqand noni, Marg`ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi..." Prezident milliy brendlarni dunyoga targ`ib qilishga ko`rsatma berdi

'"Chust pichog`i, Samarqand noni, Marg`ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi..." Prezident milliy brendlarni dunyoga targ`ib qilishga ko`rsatma berdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari raisligida intellektual mulk ob`ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro`yxatdan o`tkazish masalasiga e`tibor qaratildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz sanoatining bor-yo`g`i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro`yxatdan o`tkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.

Masalan, Chust pichog`i, Samarqand noni, Marg`ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo`yicha ro`yxatdan o`tkazib, xalqaro bozorda faol targ`ib qilish mumkin.

Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o`tkazish zarurligi qayd etildi.

🇺🇿 «Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O`zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo`lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o`rin egallay oladi», deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro`yxatdan o`tkazib olgani sababli xorijiy investisiya kelishiga to`siq bo`layotgani ko`rsatib o`tilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar