AsosiyJinoyat

Sirdaryoda "gaz puli"ni so`rab kelgan “Tumangaz” xodimining o`ldirilganligi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Sirdaryoda "gaz puli"ni so`rab kelgan “Tumangaz” xodimining o`ldirilganligi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Kecha Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida "gaz puli"ni so`rab kelgan “Tumangaz” xodimi 29 yoshli yigit tomonidan 19 marta pichoqlab o`ldirilgani haqida xabar bergan edik. 

Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 09 oktyabr soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MChJ metrologiya bo`limi boshlig`i Sh.Q. Sirdaryo tumani, “Do`stlik” MFY, Bodomzor ko`chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste`moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.  

Shu jarayonda ular o`rtasida vujudga kelgan o`zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko`krak qafasiga bir marotaba urgan, so`ngra K.F. undan pichoqni olib qo`yib Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba pichoq urib tan jarohatlari etkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi. 

    Boshqa yangiliklar