AsosiyJamiyat

Nurmat Otabekov: Ovozimni o`xshatish muttahamlikdan boshqa narsa emas

'Nurmat Otabekov: Ovozimni o`xshatish muttahamlikdan boshqa narsa emas'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda o`z tasdig`ini topmagan hamda rasmiy manbalardan olinmagan ma`lumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekovning Zangiota shifoxonasi haqida salbiy fikrlari aks etgan audio yuzasidan Nurmat Otabekov O`zA muxbiriga shunday dedi:

- Mazkur yig`ilishda, hatto ishtirok ham etmadim, - deydi Nurmat Otabekov.- Ovoz meniki emas. Ovozimni pandemiya davridagi chiqishlarim tufayli butun mamlakat aholisi deyarli tanib ulgurgan. Men hech qaysi shifokorni tanqid qilmadim. Ovozimni o`xshatib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish muttahamlikdan boshqa narsa emas. Zangiota shifoxonasiga kelsak, u erdagi shart-sharoit bilan hali yaqindan tanishib ulgurmadim. Ammo aynan mazkur shifoxonada davolanib, shifo topayotgan bemorlar bilan suhbatlashganman. Hatto mendan aynan shu shifoxonada yotib davolanishda yordam berishim uchun amaliy yordam so`raganlar bor. Ish bor joyda kamchilik ham bo`ladi. Shifoxonada ham kamchiliklar bordir ehtimol, ammo men shaxsan tekshirib ko`rmaganman. Hozir gap meni nomimdan soxta audio chiqarib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslar haqida. Men OAV xodimlarining har qanday savoliga javob berishga, ular so`raganda shaxsan intervyu berishga tayyorman.

    Boshqa yangiliklar