AsosiyJamiyat

Rossiyadan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun qo`shimcha poezd qatnovlari belgilandi

'Rossiyadan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun qo`shimcha poezd qatnovlari belgilandi'ning rasmi

 Rossiya Federasiyasi hududidan O`zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poezdning qo`shimcha qatnovlari yo`lga qo`yildi.  

 Poezdlar Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stansiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yo`lga chiqadi.

 Yo`lovchilar poezd chiptalarni  Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday temir yo`l kassalaridan sotib olishi mumkin. Chiptalarni sotib olishda O`zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart. Bundan tashqari, «Rossiya temir yo`llari» kompaniyasining rasmiy veb-sahifasida, shuningdek, «Rossiya temir yo`llari yo`lovchilar uchun» mobil ilovasidan foydalangan holda  chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.

O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra, 20 ta vagondan iborat har bir poezd tarkibi 938 yo`lovchini tashishga mo`ljallangan. Poezdlar Rossiya hududi bo`ylab qo`shimcha to`xtovlarsiz harakat qiladi.

Bosh konsulxona COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning bir joyda ommaviy to`planishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida qaytish chiptasini olgan vatandoshlardan “Voljskiy” stansiyasiga poezd jo`nab ketadigan kuni kelishini so`raydi.

    Boshqa yangiliklar