15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha ko`rib chiqildi.
Kengash qaroriga ko`ra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy ob`ektlarga, 17 oktyabrdan ko`p qavatli xonadonlarga issiqlik ta`minoti etkazib beriladi.






