AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan erkak kishining qo`lga olinishi haqidagi video yuzasidan rasmiy izoh berildi

'Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan erkak kishining qo`lga olinishi haqidagi video yuzasidan rasmiy izoh berildi'ning rasmi

Internet tarmog`ida erkak kishining qo`lga olinishi videosi tarqalishi bilan bog`liq fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB rasman izoh berdi.

Xabarda aytilishicha Mirobod tumani IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan prokuratura organlarining qaroriga ko`ra mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari bo`lmish Sayidali M. qlga olingan. Ma`lum bo`lishicha, tergov oldi tekshiruvlari davomida MChJ rahbariyati majburiy soliq to`lovlaridan bo`yin tovlagani aniqlangan.

Bundan tashqari, Sayidali M.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqa bir MChJ rahbari A.G.dan kelib tushgan ariza mavjud. Mazkur arizada dori vositalarining oldi-sotdisi kelishuvi bo`yicha qolgan mablag` to`lanmaganligi ma`lum qilingan.

Bayonotda bildirilishicha, tezkor xodimlar o`zlarini tanishtirib va xizmat guvohnomalarini ko`rsatib, Sayidali M.ga tuman prokuraturasiga unga nisbatan kelib tushgan ariza bo`yicha holatni aniqlash uchun borishi kerakligini aytishgan. Ammo Sayidali qochishga urinib, faol qarshilik ko`rsatgan. Shuning uchun xodimlar qonunchilikka muvofiq Sayidalining qo`llariga kishan solib prokuraturaga olib borishga majbur bo`lishgan. Hozirgi vaqtda Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar