AsosiyJamiyat

SSV: Jon Xopkins universitetining koronavirus bilan bog`liq ma`lumotlari ham JSST statistikasiga to`g`ri kelmaydi

'SSV: Jon Xopkins universitetining koronavirus bilan bog`liq ma`lumotlari ham JSST statistikasiga to`g`ri kelmaydi'ning rasmi

SSV manbalarga tayanib dunyodagi koronavirus bilan bog`liq vaziyat haqida xabar berdi. Unda aytilishicha Jon Xopkins universiteti ma`lumotlari koronavirus bilan bog`liq vaziyat haqidagi JSST statistikasiga mos kelmaydi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 37 million 423 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 74 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 37 million 808 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 80 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 7,636 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (7,120 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,082 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,312 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Kolumbiya (902 mingdan ortiq).

    Boshqa yangiliklar