Taniqli ulamo Shayx Alouddin Mansur hazratlari vafot etdi. Bu haqda xabar qilgan O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi chuqur ta`ziya izhor etdi.
Shayx Alouddin Mansur hazratlari Qur`oni karim ma`nolarining o`zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etgan edilar. Ushbu kitob 1991-1993 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida, keyin G`afur G`ulom va «Cho`lpon» nashriyotlarida chop etilgan edi.
Alloh taolo marhum ulamoni O`z mag`firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o`zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to`ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so`raymizki, marhum olimni o`zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog`lariga doxil etsin.






