AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatovaning ta`kidlashicha, koronavirus infeksiyasini eng ko`p tarqalgan simptomlaridan biri isitma - 88 % bemorda kuzatiladi. Shuningdek, quruq yo`tal - 68%; lohaslik - 38%; yo`talda balg`am ajralishi - 33%; nafas qisishi - 18%; tomoq og`rishi - 14%; bosh og`rig`i - 14%; mushaklarda og`riq - 14%; qaltirash - 11%ni tashkil etadi.
Kamdan-kam holatlarda ko`ngil aynishi va qusish (5%), burun bitishi (5%) va diareya (4%) kuzatiladi. Tumov COVID-19 alomati hisoblanmaydi.






