AsosiyJamiyat

13 oktyabr kuni O`zbekistonda 319 holatda virus bilan kasallanish qayd etildi. Og`ir va o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ma`lum bo`ldi

'13 oktyabr kuni O`zbekistonda 319 holatda virus bilan kasallanish qayd etildi. Og`ir va o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ma`lum bo`ldi'ning rasmi

13 oktyabr kuni O`zbekistonda  319 holatda kasallik qayd etildi.  Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 511 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun: Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent,  Surxondaryo, Sirdaryo,   Samarqand, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 336 nafar bemor tuzaldi.  

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 738 nafar bemordan 58 763 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 464 nafar bemordan 319 nafari og`ir, 106 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar