Daniya veterinariya xizmatlari qunduzlarni ommaviy qirg`in qilishni boshladi. Buning sababi qunduzda koronavirus belgilari topilganligi bilan izohlanmoqda. Bu haqda geo_siyosat telegram kanali euronewsga tayanib xabar berdi.
Gap ikki yarim million hayvon haqida ketmoqda. Infeksiya kamida 63 ta mo`yna fermasida topilgan. U erdagi nafaqat hayvonlar, balki «qizil» hududdan sakkiz kilometr radiusda ushlangan qunduzlar ham yo`q qilinadi.
Mutaxassislar hayvonlarning koronavirus bilan qanday kasallanganligini va shtamm odamga yuqishini o`rganmoqda. Mavsumiy xodimlar yollanayotgan paytda infeksiya xo`jalikka yuqishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Shuni ta`kidlash kerakki, Daniya dunyodagi eng yirik mo`yna eksport qiluvchilardan biri hisoblanadi.






