Shoxruh repper sahnada ko`rinmayotganining sabablarini aytdi va lisenziyasiga doir mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
U o`zining Instagrammdagi sahifasida quyidagi izohni yozib qoldirdi:
- “Men haqimda turli mish-mishlar yuripti, eshitishimcha, men sahnaga chiqish lisenziyamdan mahrum bo`lgan ekanman. Quyidagi suratda nechi yillardan buyon lisenziyam borligi haqidagi dalillar keltirilgan. Har 3 oyda lisenziyamni yangilab turaman. Ko`p yillardan beri estradaga sahnaga chiqmayotganimning sababi, erkak kishiga 40 hunar oz degandek, o`zimga yarasha boshqa ishlarim ham bor. Shuning uchun, musiqa ohirgi darajali bo`lib qolgan. Musiqa men uchun hobbi ekanligini birinchi marotaba estradaga chiqqanimda aytganman. Bo`sh vaqtlarimda musiqaga vaqt ajratib turaman, bu narsani mani kuzatayotgan muhlislar juda yahshi bilishadi. Har hil yolg`on gap tarqatadigan ayrim OAVlarga maslahatim, nimadir gapirishdan oldin dalillar keltirishsin. "O`zbeknavo" Estrada birlashmasi hech qachon, hech kimni o`zidan-o`zi lisenziyadan mahrum qilmaydi va shunday qilingan holatda ham ular faqatgina qaysidir estrada vakili tomonidan yo`l qo`yilgan xatoliklari bo`lsa, o`sha ishni qonun doirasida ko`rib chiqib, shunga yarasha qaror qabul qilishadi!”