AsosiySalomatlik

Atrofimizdagi narsalarda koronavirus qancha vaqt yashaydi?

'Atrofimizdagi narsalarda koronavirus qancha vaqt yashaydi?'ning rasmi

Avstraliyalik virusologlar koronavirusning turli issiqlik darajalarida sirtlarda qancha vaqtgacha yashashga yaroqliligini aniqlashdi.  Bu haqda doridarmon kanali ma`lum qildi.

Olimlarning fikriga ko`ra, ular o`zlarining tajribalarida ultrabinafsha nurlanishining ta`sirini istisno qilish uchun turli xil sirtlardan foydalangan va to`liq qorong`ulikda sinovlar o`tkazgan.

Aniqlanishicha, Selsiy bo`yicha 20 daraja haroratda koronavirus shisha, zanglamaydigan po`lat, vinil, polimer banknotalarda 28 kungacha yashovchan bo`lib qoladi. Paxta matosida virus 5,5 kun davomida 90%, qog`oz banknotlarda esa 9 kun hayotiyligini saqlab qoldi.

Selsiy bo`yicha 30 daraja haroratda u chang yutmaydigan sirtlarda 7 kun, paxta va vinilda 3 kun, qog`oz pullarda 5 kun yashadi. Va 40 daraja Selsiyda virus bir kundan kamroq vaqt ichida barcha sirtlarda 99% hayotiyligini yo`qotdi.

 

    Boshqa yangiliklar