AsosiyDunyo

JSST bosh direktori jamoaviy immunitet hech qachon kasallikni bartaraf etish strategiyasi bo`lolmasligini aytdi

'JSST bosh direktori jamoaviy immunitet hech qachon kasallikni bartaraf etish strategiyasi bo`lolmasligini aytdi'ning rasmi

Koronavirusning to`siqsiz tarqalishi asosida jamoaviy immunitetga erishish g`oyasi ahloqiy normalar va ilmiy yondashuvga ziddir. Bunday fikrni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevadagi brifingda bildirdi.

“Tarixda hech qachon jamoaviy immunitet kasallik avj olishini bartaraf etish strategiyasi sifatida ishlatilmagan”, – dedi JSST rahbari.

Gebreyesusning ta`kidlashicha, aholining etarlicha katta qismi immunitetga ega bo`lganda kasallik tarqalishi to`xtaydi, degan jamoaviy immunitet konsepsiyasi odamlar orasida virusning erkin aylanishiga emas, balki ommaviy emlashga asoslanadi.

Shuningdek, Gebreyesusning aytishicha, koronavirusdan shifo topgan odamda COVID-19 qo`zg`atuvchisiga qarshi immunitet qancha vaqt saqlanib qolishi hali ma`lum emas. JSST rahbarining ta`kidlashicha, ko`plab mamlakatlar jamoaviy immunitet darajasiga erishishdan hali ham yiroqdir.

Bundan tashqari, Gebreyesus "COVID-19"ning inson organizmida qoldiradigan uzoq muddatli asoratlari hali to`liq o`rganilmaganligini unutmaslikka chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar