Kanizaning “Istiqlol” san`at saroyidagi konsert dasturida turmushga chiqishi haqidagi xabar ko`pchilik uchun kutilmagan bo`lgandi.
Hech kimning xayoliga kelmaydigan ishlarni o`ylab yuradigan xonandaning konsert kuni 28 aprel kuni belgilangani va shu kuni nikoh oqshomi ham o`tkazilishi haqida xabarni eshitib, Kaniza bilan bog`landik.
Uning ma`lumotlariga ko`ra, konsert nishonlash sanasiga hozircha rasman ruhsat berilmagan, ammo 28 aprel kuni ham konsert, ham to`y, ham tug`ilgan kunni nishonlashni o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.
O`zgacha imij, o`zgacha qo`shiqlar va o`zgacha konsert dasturi. Bizningcha kutishga arziydigan dastur…
Darvoqe, Kaniza o`zining Instagramdagi sahfasida nikoh uzugi haqida ma`lumot berib, uni yo`lda ekanligini ma`lum qilgan.






