12 oktyabr kuni I.U. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini "Pastki Beshkapa" qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, tirkama avtomashinaga ulangan joyidan chiqib, yo`l chetidagi daraxtga urilishi oqibatda, tirkamada bo`lgan yo`lovchi M.S. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, tirkamada bo`lgan X.R. tan jarohati olib bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






