AsosiyJamiyat

O`zbekiston bog`chalarida rus tilining “ikkinchi ona tili” sifatida o`rganilishiga oid xabarlar haqiqatga zid — MTV

'O`zbekiston bog`chalarida rus tilining “ikkinchi ona tili” sifatida o`rganilishiga oid xabarlar haqiqatga zid — MTV'ning rasmi

Internet tarmog`ida O`zbekiston MTTlarida rus tilining “ikkinchi ona tili” sifatida o`rganilishiga oid xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar noto`g`ri talqinda ekanligi va haqiqatdan yiroqligi haqida MTV matbuot xizmati xabar berdi. Aslida:

  • MTTlardagi ta`lim-tarbiya jarayonida ikkinchi til o`rganilishi ko`zda tutilgan (til biluvchi o`qituvchining borligi inobatga olingan holda). Ushbu ikkinchi til istalgan til, xususan, rus tili ham bo`lishi mumkin;
  • ota-onalar istagi bilan bolalar ta`lim rus tilida olib boriluvchi va rus tilida so`zlashuvchi guruhlarga o`tkazilishi mumkin;
  • ta`lim o`zbek tilida olib boriluvchi guruhlarda, shuningdek, engil, bazaviy ko`rinishda rus tilini o`rganish, rus tilida so`zlashuvchi guruhlarda esa davlat tilini o`rganish ko`zda tutilgan.Til biluvchi o`qituvchilar bo`lsa – ingliz, nemis, koreys va boshqa tillar ham o`rgatilishi mumkin.

Ayni damda MTTlarda ikkinchi tilni o`rgatishni yo`lga qo`yishda hal qilinishi muhim bo`lib turgan masalalardan biri - bolalarni ikkinchi tilga o`rgatuvchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Aynan shu bois, Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan kadrlar tayyorlash yo`nalishida tinimsiz ish olib borilmoqda. Shu jumladan, ta`limni rus va ingliz tillarida olib bora oladigan mutaxassislar Toshkentdagi Puchon Universitetining filiali hamda ochilishi 2021 yilda kutilayotgan A.I. Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining filialida tayyorlanishi ko`zda tutilgan;

- O`zbekiston maktabgacha ta`lim sohasiga “ikkinchi ona tili” degan iboraning qiritilishi va uning qo`llanilishi rejalashtirilmagan.

    Boshqa yangiliklar