Koronavirus bilan kasallangan britaniyalik 45 yoshli erkak eshitish qobiliyatini to`liq yo`qotdi. Shifokorlarning fikriga ko`ra, bu amaliyotdagi birinchi holat.
Quloqda shovqin ko`tarilishi ogohlantiruvchi belgidir
Astmadan aziyat chekuvchi bemor London kasalxonalaridan biriga Covid-19 alomatlari bilan olib borildi va nafas olishda qiyinchiliklar tufayli reanimasiyaga yotqizildi.
Sinovlar virus tashxisini tasdiqladi va bemor sun`iy nafas olish moslamasiga ulandi. Unga bir necha dorilar buyurilgan, shuningdek, qon quyilgan. So`ngra u tuzala boshlagan va 30 kundan keyin sun`iy nafas oldirish apparatidan uzilgan.
Biroq, reanimasiyadan chiqqanidan bir hafta o`tgach, bemor quloqlarida shovqin his qila boshlaydi, keyinchalik chap qulog`i eshitmay qoladi.
Eshitish qobiliyati yo`qolishi — yo asab yo o`rta quloq yoxud ikkisining ham shikastlanishi natijasidir. Shifokorlar bu kabi shikastlanishning yagona ehtimoliy sababi Covid-19 ekanini ta`kidlashmoqda.
Steroid tabletkalari va in`eksiyalaridan so`ng, eshitish qobiliyati qisman qaytgan, ammo to`liq tiklanishning iloji bo`lmagan.






