AsosiyJamiyat

Vazir Alisher Shodmonov koronavirusdan tez va oson qutulish yo`lini ma`lum qildi

'Vazir Alisher Shodmonov koronavirusdan tez va oson qutulish yo`lini ma`lum qildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashib, sog`lom turmush tarzining foydali jihatlari haqida gapirdi.  

—  Koronavirus infeksiyasi kishilarning sog`lig`i, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin, degan savol qiynamoqda, — dedi A.Shadmanov. — Muammoning yagona va eng samarali echimi sog`lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va o`lim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o`pkaning surunkali kasalliklari bo`lgan yoki ortiqcha vaznga ega bo`lgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste`mol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmaligimiz kerakki, kasallikning engil kechishi yoshga bog`liq emas, katta yoshda bo`lsa ham  to`g`ri ovqatlanadigan, jismoniy faol bo`lgan, semizligi va diabeti bo`lmagan insonlarda kasallik ancha engil kechadi.

Qayd etilishicha, sog`lom turmush tarzining asosi esa — jismoniy faollik va to`g`ri ovqatlanishdir. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi hastaliklardan butunlay yiroq bo`ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.  

 

    Boshqa yangiliklar