AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish holati 38 milliondan oshdi

'Dunyoda koronavirus bilan kasallanish holati 38 milliondan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 38 million 2 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 83 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 38 million 442 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 91 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 7,728 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (7,239 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,103 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,340 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Kolumbiya (919 mingdan ortiq)

    Boshqa yangiliklar