Kelgusi o`quv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari belgilanadi. To`lov-kontrakt bo`yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi.
Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:
oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlarini belgilash;
to`lov-kontrakt asosidagi qabul ko`rsatkichlarini oliy ta`lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to`lov-kontrakt asosidagi qabul ko`rsatkichlari O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo`lmasligi lozim;
iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta`lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o`qitish;
alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim sohalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O`zbekiston tarixi fanlari bo`yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish bo`yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.






