Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi. Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatini boshqaradi. T. Rapiqov 1974 yilda Chust tumanida tug`ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1996 yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000 yillarda tuman qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi etakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo`limi bosh mutaxassisi va boshlig`i, 2005—2007 yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlagan. 2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016 yillarda Yangiqo`rg`on tumani, 2016—2019 yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi bo`lgan. Tohirjon Rapiqov 2019 yildan hozirgacha Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
| |
15.10.2020 16:40
Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi






