Olimlar 20-29 oktyabr kunlari magnit bo`ronlari bo`lishini bashorat qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Rosgidrometga asosan xabar qilgan.
Xabarda aytilishicha, 20-24 oktyabr va 27-29 oktyabr kunlari magnit maydoni bezovtalanishi zaif, 25 va 26 oktyabr kunlari o`rtacha bo`lishi mumkin.
Oktyabr boshida Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari bir hafta davomida magnit bo`ronlari kuzatilishi haqida xabar bergandi.
Magnit bo`ronlarining tasnifida 5ta G1 - G5 daraja mavjud bo`lib, zaif bo`ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning ko`chishiga ta`sir qilishi mumkin.
Kuchli bo`ronlar esa qisqa to`lqinli aloqa va navigasiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.






