Jahon kinosi, musiqasi va televideniesi sohasida beriladigan “Xalq tanlovi” (People`s Choice) mukofoti g`oliblari internet orqali ovoz berish usulida aniqlanadi.
“RIA Novosti” ning xabar berishicha, "Forsaj 7" jangari filmi, aktyorlar Jonni Dep va Sandra Bulloklar “Xalq tanlovi” mukofotiga munosib deb topilgan. AQShning eng xalqona mukofoti topshirish marosimini CBS telekanali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etdi.
Mukofot egalari internet orqali ovoz berish yo`li bilan aniqlandi. Ovoz berish jarayonida kino va musiqa san`ati muxlislari va ishqibozlari ishtirok etishdi.
"Forsaj 7" filmi bir yo`la ikki yo`nalishda (“Yilning eng yaxshi filmi” va “Yilning eng yaxshi ekshn yo`nalishidagi filmi”) g`olib bo`ldi.
“Yilning eng yaxshi komik aktrisasi” yo`nalishida aktrisa Melissa MakKarti, “Yilning eng yaxshi drama aktrisasi” yo`nalishida Dakota Jonson g`olib deb topildi. Aktyor Kris Xemsvort esa “Ekshn yo`nalishidagi eng sevimli aktyor” bo`ldi.
People`s Choice mukofoti 1975 yilda joriy qilingan bo`lib, musiqa, kino va televidenie sohasi vakillariga topshiriladi.





