AsosiyJamiyat

Qo`qon shahrida 114.259.000 so`mlik matolarni sotib olib, pullarini bermagan ayol javobgarlikka tortildi

'Qo`qon shahrida 114.259.000 so`mlik  matolarni sotib olib, pullarini bermagan ayol javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida 16 sentyabr kuni M.D. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yil fevral oyidan mart oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum ayol ishonchiga kirib, umumiy narxi 114.259.000 so`mlik har-xil turdagi matolarni olib, pulini olib kelib berishini aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan matolarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining yozishicha, mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.O. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o`rnida:

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar