1

Tadqiqot: Belgiyadagi har beshinchi odam chet ellik hisoblanadi

Dunyo 07.01.2016, 15:19
Tadqiqot: Belgiyadagi har beshinchi odam chet ellik hisoblanadi

Flandriya muhojirlar monitoringining ma`lumotlariga ko`ra, Belgiyadagi har beshinchi odam chet el fuqarosi sanaladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, Flandriya(Belgiyaning bir qismi)da chet el fuqarolarining soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2005 yilda  bu erda 300 ming fuqaroligi bo`lmagan shaxs istiqomat qilgan bo`lsa, bugunga kelib ularning soni 500 mingga etdi.

“Belgiya fuqaroligini olgan chet el fuqarolarini ham qo`shib hisoblaydigan bo`lsak, bu raqamlar 1,2 million kishiga etadi. Bu esa Flandriya aholisining 18 foizi demakdir”, —  deyiladi xabarda.

Hujjat mualliflarining ta`kidlashicha, chet el fuqarolari umumiy sonining yarmini Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo mintaqalari mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Muhojirlarning qolgan ikkinchi yarmini esa Sharqiy Evropa davlatlari fuqarolari tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1