2020 yil 17 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 809 (+125) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 11 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Namangan viloyatida,
- 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 22 nafari Toshkent shahrida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 11 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Samarqand viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 59 756 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.
️Hozirda mamlakatimizda 2 531 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






