AsosiyJamiyat

Turkiyada bo`lib turgan yoki u erga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar e`lon qilindi

'Turkiyada bo`lib turgan yoki u erga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo`lib turgan yoki ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga muhim xabarni e`lon qildi.

"Joriy yilning sentyabr oyida «Toshkent-Istanbul-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslar tiklangandan so`ng, fuqarolarimizning turli xil maqsadlarda (biznes, davolanish, o`qish, turizm va hk.) Turkiyaga kelishi sezilarli darajada oshdi.

Qayd etish kerakki, O`zbekistonga qaytayotganda 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda topshirilgan PZR-test tahlili talab etiladi va ba`zi fuqarolarimizda ushbu testlarning natijasi ijobiy chiqayotgani aniqlanmoqda.

Turkiyadagi tegishli vazirlik va tashkilotlarning bayonlariga muvofiq «SOVID-19» sug`urtasiga ega chet el fuqarolari kasallanib qolganda davlat tashkilotlarida bepul davolanishlari mumkin. Shuningdek, kasallikni engil o`tkazayotgan turistlarning 10-14 kunlik karantin muddatini mehmonxona maxsus xonasida o`tkazishlari va buning uchun ketgan xarajatlar ham sug`urta hisobidan qoplanishi belgilangan.

Shu bilan birga, koronavirus tashuvchilari bilan bevosita muloqotda bo`lgan fuqarolarimizning ham mehmonxonalarda majburiy karantinda qolishlari majburiy bo`lgan holatlar kuzatilmoqda. Ammo bu vaziyatda fuqaro bevosita «SOVID-19» bilan kasallanmagani sababli sug`urta polislari mehmonxonada qolish xarajatlarini qoplashni nazarda tutmagan.

Shu munosabat bilan Turkiyaga turli maqsadlarda kelishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga quyidagilarni tavsiya qilamiz:

- «SOVID-19» bilan ehtimoliy kasallanish xavfini inobatga olib, tibbiy sug`urta polisini sotib olish;

- sug`urta shartnomasiga “PZR testining natijasi salbiy bo`lishiga qaramay, sug`urtalanuvchi «SOVID-19» tashuvchisi bilan muloqotda bo`lganlik sababli majburiy karantinda qolishiga to`g`ri kelsa, tegishli xarajatlarni qoplash” to`g`risidagi bandni kiritish;

- sug`urta agentligidan koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatida amalga oshiriladigan zarur harakatlar algoritmini bilib olish.

O`z navbatida, «SOVID-19» bilan kasallanishning oldini olish maqsadida, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan karantin choralari kuchaytirilgani munosabati bilan virusga qarshi gigienaga va ijtimoiy masofaga qat`iy amal qilishingizni so`rab qolamiz", — deyiladi TIV taqdim etgan xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar