AOKAda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda aholidan tushgan muhim savollarga javob qaytarildi.
❓Ham ishlab, ham o`qiyapman. Qanday imtiyoz bor?
— Mehnat kodeksining 249-moddasiga ko`ra, ta`lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o`qib, o`quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to`lanadigan qo`shimcha ta`tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar deb belgilab qo`yilgan.