AsosiyJamiyat

Chirchiq daryosi tibbiyot chiqindilaridan tozalandi

'Chirchiq daryosi tibbiyot chiqindilaridan tozalandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosining Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hududidan oqib o`tuvchi qismida tibbiyot chiqindilari to`planib qolganligi haqida postlar tarqalgan edi.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Quyichirchiq tuman inspeksiyasi hamda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari hamkorligida holat joyiga chiqib o`rganildi.  

O`rganish jarayonida murojaat o`z tasdig`ini topdi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan noxush holat bartaraf etildi.

 

    Boshqa yangiliklar