Xalq ta`limi vazirining ma`lum qilishicha, majburiy to`ldiriladigan hujjatlar o`qituvchilarda 7 tadan 1 taga, sinf rahbarlarida 10 tadan 2 taga, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlarda 19 tadan 4 taga va psixologlarda 27 tadan 8 tagacha kamaytirilgan.
Bu havola orqali bekor bo`lgan hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.
- Ushbu ortiqcha byurokratiyadan bo`shagan vaqtingizni o`zingiz va o`quvchilaringiz bilimini oshirishga yo`naltiring, - deydi vazir.
Shuningdek ortiqcha qog`ozbozlikni yanada qisqartirish lozim deganlar ushbu havola orqali vazirlikka o`z takliflarini yuborishlari va bu takliflar o`rganilib, qisqartirish choralari ko`rilishi aytilgan.